Bunaqasi bo‘lmagan! Vunderkindning narxi 6 oyda 3900 foizga oshdi

  • 20.12.2025 18:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya Bundesligasi chempioni Myunxenning “Bavariya” klubi o‘ynayotgan 17 yoshli hujumkor futbolchi Lennart Karlning transfer narxi 2025 yilning 1 iyulidan beri  3900 foizga oshdi.

Transfermarkt portalida Bundesliga futbolchilarining narxlari yangilanganidan so‘ng, uning qiymati 60 million evroga etdi.

Joriy mavsum boshlanishidan oldin yosh pleymeyker atigi 1,5 million evroga baholangan edi. Shu tariqa, Karl olti oy ichida 58,5 million evroga qimmatlashdi.

Joriy mavsumda Lennart Karl barcha musobaqalarda “Bavariya” safida 22 ta o‘yin o‘tkazdi. Uning hisobida oltita gol bor, shundan uchtasi UEFA Chempionlar ligasida urilgan. Shuningdek, yosh o‘yinchi jamoadashlariga ikkita golli pas ham o‘zatdi.

O‘tgan yoz Karl “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasini 2028 yilning yozigacha davom etadigan qilib uzaytirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!