
Bundesliga. "Bavariya" "Der-Klassiker"da "Borussiya"ni mag‘lub etib, chempionga aylandi
Bundesliganing 31-turidan o‘rin olgan "Bavariya" va "Borussiya" o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, mudatidan avval chempionga aylandi.
Myunxenliklar safidagi gollarga Gnabri, Levandovski va Musiala mualliflik qildi. Dormundliklarning yagona goligi Jan o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, "Bavariya" chempionat yakuniga 3 tur qolganda 75 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Borussiya" hisobida 63 ochko mavjud.
Fikrlar