Bundesliga. "Bayer" g‘alaba qozonib, "Bavariya"dan 10 ochko ilgarilab ketdi

  • 3 mart, 2024, 21:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya Bundesligasi 24-turidan o‘rin olgan "Kyoln" va "Bayer" Leverkuzen jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Uchrashuvning 14-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Tilman qizil kartochka olib maydonni erta tark etdi. Leverkuzenliklar safidan gollarga Frimpong hamda Grimaldo mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, Xabi Alonso jamoasi ayni damda 64 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Klub mavsum yakuniga 10 tur qolganida ikkinchi o‘rindagi "Bavariya"dan 10 ochko ilgarilab ketdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!