Bundesliga goleadori "Barsa"ga o‘tishi mumkin

  • 20 yanvar, 2022, 17:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" hujumchisi Patrik Shik faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar tarqatdi. 

"Barsa" chexiyalik forvardning transferini yozda amalga oshirishi mumkin. Uning xizmatiga, shuningdek, "Vest Xem" va "Manchester Siti" klublari ham qiziqish bildirmoqda. 

Patrik Shik "Bayer" safida faoliyatidagi eng yaxshi davrlarni o‘tkazmoqda. U joriy mavsum 16ta o‘yinda maydonga tushib, 18ta gol urgan va bitta golga hammualliflik qilgan. Bundesliga to‘purarlar poygasida Shik Levandovskidan (23ta gol) keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!