
"Bunyodkor" jamoasi koronavirus uchun test topshirdi. Natijalar qanday? (Foto)
Kuni kecha «Bunyodkor» futbol klubi o‘quv-mashg‘ulot bazasi to‘liq dezinfektsiya qilingani haqida xabar bergan edik.
Endi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari klub bazasiga tashrif buyurdi va jamoaning jami 37 nafar a’zosi – futbolchilar, murabbiylar, personal xodimlardan koronavirusga namuna oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Aytish kerak, o‘z ishining mutaxassisi bo‘lgan agentlik xodimlari tezkorlik bilan namuna natijalarini ham ma’lum qilishdi. Unga ko‘ra, test topshirgan jamoaning barcha 37 nafar a’zosi sog‘lom ekanligi aniqlandi va ularga maxsus hujjat taqdim etildi.
Fikrlar