"Bunyodkor" murabbiyi: AGMKga minnatdorchilik bildiraman

  • 5 iyul, 2021, 15:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 12-turidan o‘rin olgan «Surxon» - «Bunyodkor» (1:5) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Shuhrat Maqsudov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Avvalambor, «Bunyodkor» jamoasi rahbariyati, muxlislari, xodimlari, futbolchilarni g‘alaba bilan tabriklayman! Ayniqsa, o‘yinchilarga rahmat aytaman! Boisi, yigitlar murabbiylar shtabi tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishdi. Ta’tilga yaxshi kayfiyatda yo‘l oladigan bo‘ldik.

Futbolchilar bilan «Surxon» jamoasining o‘yinini ko‘rib, o‘rganib chiqqandik. Raqibimizning «Qizilqum» bilan o‘yini menga yoqqan edi. Mensimaslik haqida gap yo‘q. Hamma jamoa hurmat qilinadi. G‘alaba futbolchilarniki, ular bunga haqli ravishda erishdi.

So‘zim yakunida AGMK futbol klubiga maydonni bizga yaxshi holatda tayyorlab bergani uchun minnatdorchilik bildiraman, - dedi Shuhrat Maqsudov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!