"Bunyodkor" rahbariyati klub akademiyasining yil sarhisobini o‘tkazdi va ayollar jamoasini taqdirladi

  • 12.12.2025 20:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

"Bunyodkor" jamoasi rahbariyati yil sarhisobi bo‘yicha klub akademiyasi hamda ayollar jamoasi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Bunyodkor" bolalar va o‘smirlar futbol Akademiyasida yil yakunlari bo‘yicha rahbariyat va murabbiylar (U-21, U-19, 1-liga, Akademiya jamoalari) ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida U-21, U-19, 1-liga va Akademiya jamoalari natijalarini tahlil qilinib, erishilgan natijalarga ijobiy baho berildi. 

U-21 – 2-o‘rin
U-19 – 4-o‘rin
1-liga – 3-o‘rin (o‘z hududida)

Akademiya jamoalari:
"Bunyodkor-2008" - Toshkent shahar Yoshlar ligasi – 1-o‘rin, "Kapitalbank Kubogi" – 2-o‘rin;
"Bunyodkor-2009" - Toshkent shahar Premier ligasi – 4-o‘rin, O‘FA birinchiligi – 4-o‘rin
"Bunyodkor-2010" - Toshkent shahar Premier ligasi – 1-o‘rin, O‘FA birinchiligi – 3-o‘rin
"Bunyodkor-2011" - Toshkent shahar Prem’er ligasi – 1-o‘rin, O‘FA birinchiligi – 1-o‘rin, Turan Chup (turkiy davlatlarning eng yaxshi akademiyalari o‘rtasida) – 1-o‘rin, “Quanchao Cup-2025” xalqaro turniri - 3-'orin
"Bunyodkor-2012" - Toshkent shahar Prem’er ligasi – 1-o‘rin, O‘FA birinchiligi – 3-o‘rin
"Bunyodkor-2013" - Toshkent shahar Prem’er ligasi – 1-o‘rin.

Yig‘ilishda mavsum davomida yuzaga kelgan muammolar va takliflar bo‘yicha mulohazalar yuritilib, tegishli mutaxassislarga kerakli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Akademiyaning 2026 yil uchun taklif va rejalari taqdimoti o‘tkazildi, yangi mavsumda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha rahbariyat tomonidan aniq vazifalar va maqsadlar belgilab berildi.

Bundan tashqari, Elmira Gulamova boshchiligidagi "Bunyodkor" ayollar jamoasi  yakunlangan mavsumda O‘zbekiston chempionatini 3-o‘rinda yakunladi.

Oliy liga bahslarida 58 ochko jamg‘arib bronza medallarga ega chiqqan qizlar uchun ham o‘ziga xos tadbir tashkil qilindi. Tadbirda “Bunyodkor” futbol klubi bosh direktori Murodjon Aliev, “Bunyodkor” akademiyasi direktori Shavkat Saidov, texnik direktor Vitaliy Ni va albatta jamoa a’zolari ishtirok etdi.

Tadbirda ayollar jamoasining bu natijasi alohida e’tirof etildi. 2026 yilgi mavsumda natija yanada yaxshiroq bo‘lishi lozimligi, buning uchun rahbariyat tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilishi ta’kidlandi. Yakunda qizlarga O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi tomonidan ajratilgan medallar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!