“Bunyodkor”ning sobiq sardori: Angliyaga bor ukam, super yulduz bo‘lasan!

  • 22 may, 2020, 18:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Bunyodkor” va “Barselona” jamoalarining sobiq hujumchisi Rivaldo “Real”ga kerak bo‘lmay qolgan Garet Beylga Angliyaga qaytishni maslahat berdi.

Rivaldoning fikricha, Beyl Madridni tark etib, “Nyukasl” bilan shartnoma imzolashi kerak. Garetning AQShga ketishiga hali erta. U o‘zini Evropada ko‘rsatishga qodir. U “Nyuksl”ning eng asosiy futbolchisi bo‘ladi va yoshlarning APLda muvaffaqiyat qozonishga yordam beradi.

Rivaldo Beylning super yulduz mavqeiga qayta ko‘tarilishi va ko‘p mablag‘ topishiga ishonch bildirmoqda.

“Real” esa tajribali futbolchini “Nyukasl”ga 20 million evroga berib yuborishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!