
"Buxoro" - "Mash’al" o‘rtasidagi o‘yin Samarqandga ko‘chirildi
Xabaringiz bor, pro liganing 1-tur bahsida “Buxoro” “Mash’al” jamoasini qabul qiladi.
Bungacha mazkur o‘yin Qarshining “Geolog” stadionida bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi. Ushbu stadionda xavfsizlik bo‘yicha ba’zi bir muammolar yuzaga kelgani sababli “Buxoro” – “Mash’al” o‘rtasidagi uchrashuv Samarqandning “Dinamo” stadioniga ko‘chirildi, - deya xabar bermoqda, “Buxoro” matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, ushbu to‘qnashuv 6 mart kuni soat 16:00 da boshlanadi.
Fikrlar