
"Buxoro" darvozaboni safdan chiqdi
Pro liga vakili "Buxoro" navbatdagi o‘yinga tayyorgarligini boshladi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, futbolchilar bugundan mashg‘ulotlarni o‘z qarorgohlarida boshlashdi.
Serbiyalik asosiy darvozabon Nikola Stoshich "Mash’al" bilan bahsda qo‘lidan jarohat olgandi. Tibbiy tekshiruvdan so‘ng darvozabonning qo‘l suyagi shikastlanishi aniqlandi va gips qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, Stoshichning jarohatidan tiklanishiga bir oy vaqt kerak bo‘ladi. "Buxoro" matbuot xizmati esa futbolchiga tezroq sog‘ayib, safga qaytishini tiladi.
Fikrlar