"Buxoro" ikki nafar legioneri bilan shartnomani uzaytirdi

  • 4 yanvar, 22:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro ligadan Superligaga qaytgan "Buxoro" klubi o‘tgan yilgi tarkibidan ham bir qancha o‘yinchilarni saqlab qolish harakatida. 

Tecno

Jumladan, o‘tgan mavsumda pro ligada "Buxoro" sharafini himoya qilgan legionerlar - Frane Ikich va Marko Kolakovich bilan shartnoma yana bir yilga uzaytirildi. 

Frane Ikich o‘tgan mavsumda "Buxoro" safida 24 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi. Marko Kolakovich esa 7 golga mualliflik qildi.

Bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoev o‘z jamoasida himoya chizig‘ining asosiy ustunlari sifatida aynan xorvatiyalik va serbiyalik legionerlarni ko‘rmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!