"Buxoro" klubi Muhsin Muhammadievni iste’foga chiqargan taqdirda ham unga yil oxirigacha pul to‘laydi

  • 23 iyul, 2020, 08:00
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi kunlarda "Buxoro" klubi bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiev jamoa bilan birga emasligi haqida xabarlar yangramoqda. Ayrimlar esa murabbiyning iste’foga chiqayotganini ma’lum qilmoqda. PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida vaziyat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Tecno

- OAV Muhsin Muhammadiev iste’fosi haqida ma’lumot berdi. Ammo "Buxoro" mutaxassis bilan shartnomani rasman bekor qilganicha yo‘q.

Ikki kun avval, O‘zPFL klublar bosh murabbiylari va rahbarlari bilan onlayn videokonferentsiya o‘tkazganida Muhammadiev unda ishtirok etdi. Bugun u biz bilan bog‘lanib, bir haftadan buyon mehmonxonada ekani va jamoa bilan birga emasligi haqida aytib o‘tdi. Uning fikriga ko‘ra, Buxoro hokimligi vakillaridan biri (viloyat yoki shahar, aniqlik kirita olmadi) natijalar yaxshi emasligidan kelib chiqib, uning iste’fosini so‘ragan (aslida bu uning vakolatiga kirish yoki kirmasligi alohida masala).

Yaqindagina "Buxoro" futbol klubiga rahbar tayinlash masalasiga yuzaki yondoshilgan, keyinroq O‘zPFL bosh direktorni rasman ro‘yxatdan o‘tkazavermagach, masala qonuniy hal etilgandi. Endi bu masala kelib chiqyapti. O‘zPFL klub qarorlarini hurmat qiladi va barcha masala qonuniy amalga oshishini nazorat qiladi. Shuningdek, eslatib o‘tishimiz kerakki, murabbiylarni ishdan olish ham avvalgi yillardagidan butkul farq qiladi. 2020 yildan boshlab, shartnomalarga murabbiyni belgilangan vaqtdan oldinroq iste’foga chiqarmoqchi bo‘lgan klublar unga kompensatsiya to‘lab berishi kabi band kiritilgan. Unga ko‘ra, Muhsin Muhammadiev iste’foga chiqsa ham, yil so‘ngiga qadar maoshlarini to‘liq olib turadi. "Buxoro" va murabbiy shunday kelishuvga erishgan.

Hammaga pul kerak bo‘lgan davrda "Buxoro" futbol klubi rahbarlari ham Muhammadievga, ham yangi murabbiyga maosh to‘lashlari kerak. O‘sha Evropada ham biror murabbiyni iste’foga chiqarmoqchi bo‘lgan klub avval mana shu masalalarni obdon o‘ylab, pishitib oladi. Biz ham shunga etib kelmoqdamiz, - dedi PFL vakili.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
23/07/2020 09:33
Хулоса Мухаммадев Бухоро бошини еб кетар эканда афсус афсус хайиб сенга Мухсин узинга инсоф берсин командани йук килдинг энди уйолмасдан пул оласанми
Ахлиддин Файзуллоев
23/07/2020 09:51
Жамоани омадсизлигида факат мураббий айбдор эмасдир балким.