
"Buxoro" nazorat uchrashuvida "Sho‘rtan"ga yutqazib qo‘ydi
Bugun pro liga vakillari – “Buxoro” hamda “Sho‘rtan” jamoalari o‘rtoqlik o‘yinida kuch sinashdilar. Buxoroda bo‘lib o‘tgan bahsda Asror Aliqulov ustozlik qilayotgan “Sho‘rtan” jamoasi 0:2 hisobida g‘alaba qozondi. Nodir Nurmatovning kiritgan ikkita goliga buxoroliklar javob qaytara olmadilar.
“Buxoro”: Nikola Stoshich, Obid Jo‘raboev, Rizvan Abdilatov, Jamoliddn Ubaydullaev, Jasur Hasanov, Anvar Jo‘raev, Oleg Marchuk, Sobit Sindarov, Rustam Abduhamidov, Sardor Eminov, Ro‘zimboy Ahmedov.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Sardor Qobuljonov, Shavkat Salomov, Bobur Omonov, Dmitro Sidorenko, Fayzulla Jumanqo‘ziev, Suhrob Ne’matov, Mirjalol Jumaev, Sardor Izzatov, Viktor Xomchenko, Firdavs Asadov, Bekzod Saidov.
“Sho‘rtan”: Akobir Qayumov, Eldor Ergashev, Abduxoliq Qurbonov, Islom Baratov, Shoxruh Boyqo‘ziev, Javohir Shokirov, Shahboz Jo‘raev, Farzin Muxtorov, Shahboz Nuriddinov, Nodir Nurmatov, Muhriddin Zoirov.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Amirbek Lutfullaev, Asilbek Berdialiev, Roman Rahimov, Davronbek Isoqov, Asadbek Samariddinov, Javohir Hasanov, Choriyor Tursunqulov, Oybek Jonibekov, Bekzod Suvonov, Sarvar Bo‘ronov, Farhod Imomov, Shoxzamon Xayrullaev, Nodirxon Ne’matxonov.
Fikrlar