
"Buxoro" o‘rtoqlik o‘yinida Armaniston klubi bilan durang qayd etdi
Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazayotgan "Buxoro" o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Armanistonning "Alashkert" jamoasiga qarshi kechgan bellashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Ro‘zimboy Ahmedovning penaltidan urgan goliga Edigaryan javob qaytardi.
O‘zbek klublarining yangi mavsumga tayyorgarligi borasidagi so‘nggi xabarlarni saytimiz orqali kuzatib boring.
Fikrlar