"Buxoro" qachon o‘z stadioniga qaytadi?

  • 13 mart, 2022, 08:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Anchadan beri o‘z maydonidan foydalana olmay kelayotgan “Buxoro” klubi tez orada o‘z uyiga qaytadiganga o‘xshayapti. Boisi, jamoaning asosiy stadionidagi maydonni parvarishlash ishlari yakuniga etib qolayotgani xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

“Xabaringiz bor, Buxoroning “Markaziy” stadionidagi maydon chimini yangilash bo‘yicha ishlar olib borilayotgandi. Mamlakatimizning “Nasaf” va “Navbahor” jamoalari stadionlarida maydon maysasini o‘stirgan mutaxassislar endilikda bizning bosh stadionimizda ish olib borishmoqda.

Maydon drenaj tizimi butunlay yangilanib, yaqinda tayyor maysa keltirilib yotqiziladi. Hozirgi kunda maydondagi maysaning tayyor holga kelishi uchun oxirgi bosqich ishlari davom ettirilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
13/03/2022 08:27
Nasaf shunchaki super klub. shu Bunyotkor ham vaqtiga murojat qilgani davno poliyasi yahshi bulardi. mana Namangan shahri Navbahor kam bulgani yuq. endi. qushnilarimiz Buhoro. poliyasi ham zur bulsa kelajakka Nasaf chim sotish orqali uzini poliyasini harajatlari chiqarkanda.