
"Buxoro" Qashqadaryoning ikki klubiga qarshi sinov-nazorat uchrashuvlari o‘tkazadi
Yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan "Buxoro" jamoasi o‘z qarorgohida mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, bosh murabbiy Hakim Fuzaylov Buxorodagi yig‘in davomida Qashqadaryoning ikki klubiga qarshi sinov-nazorat uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan. Futbolchilar 3 fevral kuni Muborakning "Mash’al" jamoasi bilan kuch sinashsa, 6 fevral kuni G‘uzorning "Sho‘rtan" klubini qabul qilinadi. Har ikkala bahs jamoa qarorgohi bo‘lmish "Umid" o‘yingohida soat 12:00da boshlanadi.
Fikrlar