"Buxoro" Rossiya, Qozog‘iston va Gruziya klublariga qarshi maydonga tushadi
"Buxoro" jamoasi yangi mavsumga puxta hozirlik ko‘rmoqda. Klubning Turkiyadagi yig‘ini doirasida o‘tkaziladigan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari sanasida o‘zgarishlar bo‘ldi.
Quyida Aleksandr Xomyakov shogirdlarining Antaliyadagi ikkinchi bosqich yig‘ini davomida o‘tkazadigan o‘yinlari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
O‘rtoqlik uchrashuvlari ro‘yxati:
7 fevral — "Buxoro" — "Spartak Kostroma" (Rossiya)
7 fevral — "Buxoro" — "Milsami" (Moldova)
10 fevral — "Buxoro" — "Oqjetpes" (Qozog‘iston)
13 fevral — "Buxoro" — "Kosmos Dolgoprudniy" (Rossiya)
13 fevral — "Buxoro" — "Spaeri" (Gruziya)
17 fevral — "Buxoro" — "Chayka" (Rossiya)
Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Fikrlar