
“Buxoro“ safida yangi futbolchilar ko‘rikdan o‘tmoqda
Mavsumning qolgan qismiga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Buxoro" jamoasi yozgi yig‘in davomida tarkibga yangi futbolchilarni jalb etishda davom etadi. Jumladan, himoyachilar Jasur Azimov ("Qizilqum"), Abduxoliq Qurbonov ("Sho‘rtan"), yarim himoyachilar Humoyunmirzo Iminov ("Paxtakor"), Siroj Meliev ("Yangier") va hujumchi Temur Ismoilov ("Dinamo") ko‘rikdan o‘tish uchun jamoa yig‘iniga kelib qo‘shilgan.
Yangi futbolchilarning harakatlari jamoa murabbiylar shtabi vakillariga ma’qul kelsa, ular bilan shartnoma imzolanadi.
Ma’lumot o‘rnida, "Buxoro" jamoasi ayni payt 13-turdan so‘ng Pro-liga turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Klub hisobida 21 ochko mavjud.
Manba: "Buxoro" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar