"Buxoro" va "Navbahor"ning g‘alabasiz seriyalari davom etadimi yoki...

  • 1 oktabr, 2020, 00:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Cola Superliganing 18-turiga ham start berildi. Dastlabki to‘qnashuvda “Metallurg” – “Andijon” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynaganidan xabardorsiz. 1 oktyabr kuni turnir jadvalida oxirgi o‘rinda borayotgan “Buxoro” jamoasi Muborakda “Navbahor”ni qabul qiladi.

Tecno

Ushbu klublar anchadan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Masalan, “Buxoro” oxirgi marta 11-turda “Surxon”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan va ushbu g‘alaba yagonaligicha qolmoqda. Natijada 6 ta turdan beri raqiblariga ochko ulashib kelmoqda. 7-o‘rindagi “Navbahor”ning qayd etayotgan natijalari esa bundan ham yomonroq. Namanganliklar 9-turda “Qizilqum” ustidan 1:0 hisobida ustunlikka erishgan. Shundan buyon “Navbahor” g‘alaba nimaligini bilmay kelyapti.

Ko‘rinib turibdiki, g‘alabaga tashna raqiblar Muborakda to‘qnash kelishadi. Ushbu klublarning birinchi davrada Namangandagi uchrashuvida mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qzongandi. Umumiy hisobda, shu kungacha 57 ta bellashuv o‘tkazilgan. “Buxoro”da 16, “Navbahor”da esa 32 ta g‘alaba bor. 9 ta o‘yinda durang kuzatilgan. E’tiborlisi, bu jamoalarning oxirgi 9 ta o‘yinidan beri buxoroliklar g‘alaba qozona olmayapti. Shunday ekan, bu safargi bellashuv ayniqsa, “Buxoro” uchun muhim ahamiyatga ega.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!