"Buxoro"da imkoniyat berilmagan darvozabon Tojikistonda eng yaxshisi!

  • 25 dekabr, 2021, 20:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikistonda ham futbol ligasi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. E’tiborlisi, ushbu marosim ikki qismga bo‘lingan holda ikki kun davomida o‘tkazildi. Kecha Tojikiston chempionati qatnashchilari taqdirlangan bo‘lsa, bugun mamlakat futbol federatsiyasi tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha Tojikistonning eng yaxshilari aniqlandi.

Tecno

24 dekabr kuni Tojikiston chempionati laureatlari e’lon qilindi. Eng yaxshi darvozabon sifatida TsSKA sharafini himoya qilayotgan turkmanistonlik Raxat Japarov munosib ko‘rildi.

raxat_1

1996 yilda tavallud topgan posbon mavsum boshida Buxoroda “Nurafshon” jamoasiga qo‘shilgandi. Lekin u erda etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmadi. Pro ligada bitta, Kubok doirasida esa ikkita o‘yinda maydonga tushgan xolos. Yozgi transfer oynasi ochilgan vaqtda Japarov klubni tark etdi va Tojikistonning TsSKA jamoasi bilan yil oxirigacha shartnoma imzoladi. U erda Raxat Japarovga imkoniyat berildi va bundan foydalangan holda yakunda Tojikiston chempionatining eng yaxshi darvozaboniga aylandi.  

Eng yaxshi darvozabon nominatsiyasidan shuningdek, Aleksey Motrosov (“Xo‘jand”) va Kurbonali Boboev (“Istaravshan”) ham joy olgandi.

Japarov TsSKA bilan Tojikiston chempionatida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani ham e’tiborga molik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!