Buxoroda qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempionati boshlanmoqda!

CHERY AUTO

Joriy yilning 19-22 may kunlari Buxoro shahri ilk bor Qo‘l jangi bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bugun ushbu musobaqa oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Xalqaro Qo‘l jangi federatsiyasi prezidenti Sergey Astaxov, Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi hakamlar kengashi raisi Igor Kuftin, O‘zbekiston Qo‘l jangi federatsiyasi rais o‘rinbosarlari – Baxtiyor Soatov hamda Baxtiyor Mirzaqulovlar, Buxoro viloyat Qo‘l jangi federatsiyasi raisi ishtirok etdi.

Tecno

4_4

Bu safargi dunyo birinchiligida sayyoramizning 30 ga yaqin mamlakatidan 400 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, o‘smirlar 9 ta vazn toifasida, yoshlar esa 8 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Bundan tashqari, qizlar 6 vazn toifasida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazishadi.

5_5

2_8

3_6

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi yakka kurashchilari so‘nggi bir necha yillardan buyon kattalar, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari orasida kuchlilar qatoridan o‘rin egallab kelmoqda. Jumladan, 2021 yilning 4-6 iyun kunlari poytaxtimiz ilk marotaba etakchi sportchilar o‘rtasida Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan va unda Rossiya, Qozog‘iston terma jamoalarini ortda qoldirgan holda O‘zbekiston qo‘l jangi terma jamoasi 1-o‘rinni egallagan.

1_9

Shuningdek, 2019 yil Rossiya federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida terma jamoamiz a’zolari umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!