
"Buxoro"ga yana ikki nafar futbolchi qo‘shildi, ulardan biri legioner
“Buxoro” matbuot xizmatining xabar berishicha, tarkibga yana ikki nafar o‘yinchi qo‘shildi.
Klubning Toshkentda davom etayotgan yig‘iniga ukrainalik Dmitro Sidorenko jalb qilindi. U 1994 yil 31 iyul kuni Ukrainaning Donetsk viloyatida tavallud topgan.
Sidorenko Ukrainaning “Energiya N-K”, “Metallist 1925” kabi klublarda to‘p surgan bo‘lib, o‘tgan mavsum Samarqandning “Dinamo” safida harakat qilib, pro liga va O‘zbekiston Kubogi bahlsarida jami 16 uchrashuvda maydonga tushdi va 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Aytish lozimki, futbolchi o‘tgan yili Hakim Fuzaylov qo‘li ostida “Dinamo”da to‘p surgan.
Shuningdek, 24 yoshli hujumkor yarim himoyachi Sobit Sindarov ham bugundan “Buxoro” mashg‘ulotlariga kirishdi. “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lmish Sindarov 2019 yil futbol mavsumining ikkinchi davrasidan 2020 yil yakuniga qadar “Qo‘qon-1912” jamoasi va o‘tgan mavsum “Neftchi” sharafini himoya qilgan. Futbolchi faoliyati davomida jami 46 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol muallifiga aylangan.
Fikrlar