"Buxoro"ni tark etgan legioner "Xo‘jand"ga o‘tdi
O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida “Buxoro” safiga qo‘shilgan tojikistonlik hujumchi Tohir Malodustovning u erdagi faoliyati ko‘ngildagidek chiqmagandi.
O‘shanda uni Usmon Toshev jamoaga taklif qilgandi. Biroq futbolchi klubda yarq etib ko‘zga tashlanmadi. Ko‘p vaqtini zaxirada o‘tkazdi. Natijada chempionat yakunlanganidan so‘ng legioner o‘yinchi buxoroliklar safini tark etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Malodustov o‘ziga yangi jamoa topdi. Endilikda u joriy mavsumni o‘z yurtida o‘tkazadi. “Xo‘jand” klubi tomonidan yuborilgan taklifga ijobiy javob qaytargan futbolchi mazkur jamoa bilan shartnoma imzoladi.



Fikrlar