
"CAFA Nation’s Cup" turniri oldidan hakamlar uchun seminar tashkil etildi
Toshkent shahrida CAFA nufuzli musobaqasida faoliyat yuritadigan hakamlar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘FA birinchi vitse-prezidenti, CAFA hakamlar qo‘mitasi raisi Ravshan Ermatov hamda CAFA bosh kotibi Ulug‘bek Karimov ishtirok etib, ilk bor tashkil etilayotgan mazkur musobaqaning mintaqamiz futboli uchun ahamiyati yuqoriligi, ko‘plab mamlakatlarga translyatsiya qilinishini sababli, hakamlarga o‘z darajasini namoyish etish imkoniyatini taqdim etishi haqida so‘z yuritdilar.
Seminar davomida hakamlar futboldagi yangi qoidalar aks etgan maxsus videolavhalar ustida ishladilar. Bir qator epizodlar tahlil qilindi. Shuningdek, instruktorlar tomonidan o‘yindagi vaziyatlar yuzasidan nazariy mashg‘ulotlar tashkil etildi. “CAFA Nation’s Cup”da VAR tizimi qo‘llanilmasligi sababli hakamlarga har bir epizodga maksimal e’tibor va mas’uliyat bilan yondashish talab etildi.
Fikrlar