"Chelsi" 11 nafar futbolchidan voz kechdi
Yozgi transfer oynasida «Chelsi» tarkibi sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin.
The Athletic nashri ma’lumotlariga ko‘ra, londonliklar jamoani tark etishi ehtimol bo‘lgan bir qator futbolchilar uchun transfer narxlarini belgilab bo‘lgan.
«Aston Villa» qiziqish bildirgan Nikolas Jekson uchun «Chelsi» taxminan 65 million funt sterling tushum kutayotgani aytilmoqda.
Shuningdek, hujum chizig‘idagi yana ikki futbolchi – Mark Giu va Liam Delap ham sotuvga qo‘yilishi mumkin. Ispaniyalik Mark Giu uchun 25 million funt talab qilinmoqda, Liam Delap bo‘yicha esa aniq summa hali belgilanmagan.
Ro‘yxatda yana bir qator futbolchilar bor. Xabarga ko‘ra, «Chelsi» Alehandro Garnacho transferi bo‘yicha takliflarni 50 million funt atrofida ko‘rib chiqishga tayyor. Shuningdek, Benoa Bad’ashil, Aksel Disasi, Filip Yorgensen, Gabriyel Slonina va Trevo Chaloba kabi o‘yinchilar 35 million funt atrofidagi takliflar evaziga jamoani tark etishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, klub yetakchi futbolchilardan ayrimlari bo‘yicha ham aniq pozitsiyani belgilab qo‘ygan. Agar 120 million funt sterling miqdorida taklif tushsa, «Chelsi» Enzo Fernandez bilan ham xayrlashishga tayyor. Malo Gyusto esa 75 million funt atrofidagi taklif bo‘lsa, sotilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar qatorida turibdi.

Fikrlar