"Chelsi" 70 mln funtga sotib olgan futbolchisini ispan klublariga taklif qilmoqda

  • 25 iyun, 2020, 16:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" rahbariyati Kepa Arrisabalaga uchun yangi klub izlash ishlarini davom ettirmoqda.

Tecno

Xabarlarga ko‘ra, londonliklar ispaniyalik darvozabon transferi bo‘yicha "Valensiya"ga taklif bilan chiqishgan. "Aristokratlar" 2017 yil "Atletikdan" 71 million funtga xarid qilgan Kepani hozir 32 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor.

Oldinroq, "Chelsi" Arrisabalaga o‘rniga "Ayaks" golkiperi Andre Onanani olib kelishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!