
“Chelsi” asosiy futbolchisini olib qolish yo‘lini topdi
“Chelsi” rahbariyati Tomas Tuxel jamoani qabul qilib olganidan keyin asosiy o‘yinchisiga aylangan Antoni Ryudiger bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Germaniyalik himoyachi mutasaddilardan uning maoshini oshirishni talab qilib, muzokaralarni to‘xtatib qo‘ygandi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “aristokratlar” Evropaning qator grandlaridan taklif ola boshlagan Ryudigerga yiliga 8,5 million evro maosh to‘lashga rozi bo‘lgan.
Antonioning londonliklar bilan kelishuvi mavsum oxirida yakunlanadi. Uni erkin agent sifatida “Tottenxem”, “Bavariya” va “Yuventus” o‘z safiga qo‘shib olib, futbolchi so‘ragan mablag‘ni bermoqchi.
Fikrlar