
"Chelsi" bosh murabbiyi: "Jamoamning o‘yinidan mamnunman"
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska Angliya liga kubogi 1/8 finali doirasida "Nyukasl"dan uchralgan mag‘lubiyadan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Agar o‘yinni chuqur tahlil qilsangiz biz amalga oshirgan ishlar o‘z samarasini berdi. O‘ylaymanki, 23-daqiqagacha ya’ni o‘tkazib yuborgan golimiz oldidan biz o‘yinni to‘liq nazorat qilayotgan edik va raqibga umuman imkon bermadik.
Goldan so‘ng taxminan 10 daqiqa davomida nazoratni qo‘ldan chiqardik va shu vaqt ichida afsuski, ikkinchi golni ham o‘tkazib yubordik. Keyin birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida 2-3 ta yaxshi golli vaziyatlar yaratdik. Ammo ularni golga aylantira olmadik.
Ikkinchi bo‘limda esa, o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Vaziyatlar yaratdik, hujumlar amalga oshirdik. Biroq, yana o‘sha holat: yakunlovchi nuqtani qo‘yishda omadimiz etishmadi.
Bilaman asosiysi natija hisoblanadi. Barcha yigitlar qatori men ham juda xarakat qildim. Ammo omad kelmasa qiyin ekan", - dedi "Chelsi" ustozi.
Fikrlar