
"Chelsi" bosh murabbiylikka Nagelsman, Enrike, Pochettino va yana 2 ta nomzodni ko‘rib chiqmoqda
"Chelsi" rahbariyati iste’foga chiqarilgan bosh murabbiy Grem Potter o‘rniga beshta nomzodni ko‘rib chiqmoqda
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Potterning "Chelsi" bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgani e’lon qilingan edi.
The Telegraph xabariga ko‘ra, yangi murabbiy tayinlash bo‘yicha qarorni texnik direktor Lourens Styuart va sport direktori Pol Uinstanli qabul qiladi.
Nashr bosh murabbiylik uchun favorit sifatida "RB Leyptsig"da Luorens bilan birga ishlagan Yulian Nagelsmanni ko‘rsatmoqda.
Avvalroq Nagelsmann «Bavariya»dan iste’foga chiqarilganidan keyin tanaffusga chiqib, mavsum oxirigacha murabbiylikka qaytmasligi haqida xabar berilgandi. Biroq “Chelsi” nemis mutaxassisi bilan muzokara olib borishga harakat qilmoqchi.
Boshqa nomzodlar orasida Maurisio Pochettino va Luis Enrike ham bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, “aristokratlar” rahbarlari sentyabr oyida Pochettino bilan muzokaralar olib borishgan, biroq yakunda Grem Potter nomzodini tanlashgan edi.
Shuningdek, “Napoli” ustozi Luchano Spaletti va “Ayntraxt” ustozi Oliver Glasner bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Yaqin vaqt ichida "Chelsi" rahbariyati nomzodlarning qaysi biri klubga ko‘proq mos kelishini aniqlash uchun har bir nomzodning yondashuvini tahlil qilishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar