"Chelsi" Enco Fernandezga darrov o‘rinbosar topdi
«Chelsi» «Atletiko» yarim himoyachisini qishda olib kelishni rejalashtirmoqda. Qishki transfer oynasida londonlik «Chelsi» Madriddning «Atletiko» jamoasi yarim himoyachisi Pablo Barriosni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 23 yoshli ispaniyalik futbolchiga klub katta umid bog‘lamoqda.
Futbol bozoriga yaqin manbalarning qayd etishicha, Londonda Barriosni jamoani tark etgan Enco Fernandezga asosiy o‘rinbosar sifatida ko‘rishmoqda. Argentinalik yarim himoyachi ketganidan so‘ng «Chelsi» markaziy zonani kuchaytirish yo‘llarini izlamoqda.
Shu bilan birga, «Atletiko» rahbariyati futbolchini sotish niyatida emasligi ta’kidlanmoqda. Barrios bilan tuzilgan shartnomada 500 million yevro miqdorida to‘lov majburiyati (mablag‘ to‘lab olib ketish shartlari) ko‘rsatilgan. Shunga qaramay, ayrim xabarlarga ko‘ra, «Chelsi» uning uchun 100 million yevro taklif qilishga tayyor.
Pablo Barrios — «Atletiko» tarbiyalanuvchisi. Joriy mavsumda u klub tarkibida uchta uchrashuvda maydonga tushib, bir bor golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar