“Chelsi” eng badavlat klubning hujumchisini olib qo‘yadi

  • 24 noyabr, 2021, 11:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” hujum chizig‘ini kuchaytiradigan futbolchi qidirmoqda. Ular yangi hujumchini yanvar oyidayoq xarid qilmoqchi.

Hozircha, “aristokratlar” safida ikkita markaziy hujumchi bor xolos. Romelu Lukaku endi jarohatidan qutilgan bo‘lsa, Timo Verner ikkinchi mavsum ham Angliya futboliga moslasha olmayapti.

Klub xo‘jayinlari ham Tuxelning jamoaga hujumchi olish haqidagi taklifini ma’qulladi. Klub skautlari “Nyukasl” forvardi Kallum Uilsonni olishni taklif qilmoqla.

Joriy mavsumda “Nyukasl” muvaffaqiyatsiz o‘ynayotgan bo‘lsa-da, Kallumning harakatlari yuqori baholanmoqda. U hujum qudrati eng zaif jamoa sharafini himoya qilayotganiga qaramay, sakkizta uchrashuvda to‘rtta gol urdi.

Saudiyaliklar “Nyukasl”ga nomdor futbolchilarni olib kelmoqchi. Shu bois, Uilson asosiy hujumchi maqomida bo‘la olmaydi. Bu o‘z navbatida, 30 yoshli futbolchining “Chelsi”ga taklifini qabul qilishiga turtki bo‘lishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!