
“Chelsi” etti o‘yinchidan voz kechdi. Ular orasida mashhur yulduzlar bor!
Joriy mavsumni o‘zi istagan darajada yuqori saviyada o‘tkaza olmayotgan “Chelsi” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi.
Klub rahbariyati qishki va yozgi transferlar vaqtida asosiy jamoaning bir necha futbolchisi bilan xayrlashishga qaror qilgan. Ketadiganlarning dastlabki ro‘yxatiga etti nafar o‘yinchi kiritildi. Ular orasida mashhurlar ham bor.
Xususan, “aristokratlar” Hakim Ziesh, Kay Xaverts, Kristian Pulishich, Kalidu Kulibali, Jorjino, Sesar Aspilikueta va Per-Emerik Obameyang bilan birinchi navbatda xayrlashadi.
Klub bu ro‘yxatdagi olti nafar futbolchini ijaraga berish yoki to‘liq sotib yuborish variantlarini o‘rganib chiqmoqda. Faqatgina Jorjinoning shartnomasi tugayotgani bois, unga yangi bitim berilmaydi.
Fikrlar