"Chelsi" FIFAning qarori yuzasidan apellyatsiya berdi
Londonning "Chelsi" klubi o‘ziga nisbatan 2020 yilga qadar transferlarga qo‘yilgan ta’qiq bo‘yicha FIFA qarori yuzasidan apellyatsiya berdi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq FIFA “aristokratlar”ni transfer bozorida yo‘l qo‘ygan qoidabuzarliklari sabab yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’qiqlab qo‘ygan edi. Unga ko‘ra londonliklar yaqin 2ta transfer derazasi paytida yangi futbolchilar sotib olisholmaydi. Bundan tashqari ularga 600 ming shveytsariya franki miqdorida jarima ham solingan edi.
Fikrlar