"Chelsi" Filipe Luisni bosh murabbiylikka asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiy lavozimiga braziliyalik mutaxassis Filipe Luisni tayinlash imkoniyatini o‘rganmoqda.Bu haqida Fabrizio Romano ma’lumot berdi.
40 yoshli murabbiy mart oyi boshida "Flamengo"ni tark etganidan beri ishsiz hisoblanadi. Klub rahbariyati uni jiddiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda.
Filipe Luis futbolchi sifatida eng ko‘p "Atletiko Madrid" tarkibidagi davri bilan tanilgan. U 2014 yilda himoyachi sifatida "Chelsi"ga o‘tgan, biroq bir yil o‘tib yana Madrid klubiga qaytgan.
London klubi aprel oyi oxirida Liam Rosenyor bilan hamkorlikni yakunlagan edi. Yangi doimiy bosh murabbiy esa joriy mavsum tugaganidan keyin tayinlanishi kutilmoqda.

Fikrlar