"Chelsi" futbolchisi 117 yil oldingi natijani takrorladi

  • 14.02.2026 15:52
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" Angliya kubogining 4-bosqichida "Hall Siti"ni 4:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ushbu uchrashuvda Pedro Netu xet-trik qayd etdi. 

 "Opta" portalida chiqqan ma’lumotga ko‘ra, Netu 1909 yilning yanvardan buyon juma kungi bellashuvda uchta gol kiritgan "Chelsi"ning birinchi futbolchisi aylandi. Ma’lum bo‘lishicha, ilgari bu ishni London klubining sobiq futbolchisi Jorj Xilsdon "Midlzbro"ga qarshi uchrashuvida qayd etgan edi. 

Ma’lumot uchun, Pedru joriya mavsum "aristokratlar" safida 38 ta bellashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!