"Chelsi" futbolchisi "Barselona" nishonida

  • 6 dekabr, 15:51
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" "Chelsi" futbolchisi Pedru Netu bilan shartnoma imzolash haqida o‘ylamoqda. 

Tecno

"Fichajes" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, kataloniyaliklar Pedru uchun 70 million to‘lashga tayyor. Klubdagilar "aristokratlar"ni bu narx xursand qiladi deb umid qilmoqda. 

Portugaliyalik futbolchini hozirda transfer bozoridagi narxi 55 million evroga baholanmoqda. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozida yakuniga etadi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchi joriy mavsum "Chelsi" safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushishga erishdi. Futbolchi shu uchrashuvlarda 8 ta gol kiritdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!