"Chelsi" Kantega qanday sovg‘a tayyorlamoqda?
Frantsiyalik yarim himoyachi Ngolo Kante "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist Fabritsio Romano o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “aristokratlar” yaqin haftalarda 30 yoshli futbolchiga uzoq muddatli yangi shartnoma taklif etadi.
Kante "Chelsi"da 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yoziga qadar tuzilgan.
Ngolo Kante kecha “Manchester Siti”ga qarshi bo‘lib o‘tgan UEFA Chempionlar ligasi final uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Kante joriy mavsum “Chelsi” safida jami 44 ta o‘yinda maydonga tushdi.



Fikrlar