“Chelsi” Kepaning o‘rniga ishonchli darvozabon topdi

  • 2 avgust, 2020, 22:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frenk Lempard yozgi transferlar vaqtida jamoasi uchun darvozabon oladi. Ayni paytda London jamoasi “Byornli”dan Nik Poupni olishni mo‘ljallamoqda.

Tecno

Avvalroq, “Chelsi” Ispaniya chempionatini tark etishni istayotgan Yan Oblakni olmoqchi edi. Lekin “Atletiko” bu darvozabon uchun 120 million evro so‘ramoqda. Shu bois Roman Abramovich klubi mutasaddilari transfer summasi 12 million evrodan oshmaydigan Poupni olib kelishga qaror qilgan.

Angliya terma jamoasida birinchi raqamga da’vogarlardan biri sifatida e’tirof etilayotgan Nik Poup kuchsiz klubda to‘p surganiga qaramay, 38 ta uchrashuvdan 15 tasida darvozasi daxlsizligini saqlay oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!