"Chelsi" mag‘lubiyatga uchratgan Zaxa eng boy futbolchiga aylanadi
Angliya premer-ligasining navbatdagi turida musobaqa etakchisi "Chelsi" o‘z maydonida "Kristal Pelas"dan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvda mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilgan "Kristal Pelas" etakchisi Uilfrid Zaxaga yangi shartnoma taklif qilinadigan bo‘ldi.
"Kristal Pelas" rahbariyati APL jamoalar o‘rtasida talash bo‘layotgan etakchisini saqlab qolish uchun uni jamoaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylantirishni maqsad qilgan.

Ayni paytda Zaxaning shartnomasida transfer summasi belgilanmangan va haftalik maoshi 35 ming funtni tashkil qilmoqda. Muzokaralardan so‘ng Zaxaga katta transfer summasi qo‘yilishi va haftasiga 110 ming funt maosh belgilanishi kutilmoqda.
Fikrlar