
"Chelsi" "Manchester Yunayted" etakchilaridan birini ilib ketmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi hisoblangan Kobbi Maynuni sotib olishi mumkin.
Gap shundaki, "qizil iblislar" so‘nggi kunlarda angliyalik futbolchiga shartnomani uzaytirishni taklif qilgan. Biroq, mazkur taklif Maynuga manzur kelmagani sabab, rad javobi olingan. Ushbu vaziyatdan so‘ng klub rahbarlari Kobbini qishki transferlar oynasida sotish haqida o‘ylamoqda. Bundan tashqari, manchesterliklar hech bir futbolchining jamoadagi o‘rni kafolatlanmagan deb hisoblaydi.
"Mail" nashrining xabar berishicha, "aristokratlar" havbek uchun etakchilik qilmoqda. Fursat tug‘ilishi bilanoq, yarim himoyachi xohlagan shartnomani taklif qilishga tayyor.
Ma’lumot o‘rnida, 19 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 55 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar