
"Chelsi" muxlislari uzoq kutgan xabar!
Angliya Premer-ligasi 19-turida "Chelsi" mehmonda "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur uchrashuv oldidan londonliklarning ikki nafar futbolchisi safga qaytdi. Ya’ni, koronavirusga topshirgan testi manfiy natija bergan Romelu Lukaku hamda Kallum Xadson-Odoi navbatdagi o‘yinga tayyor.
Mazkur futbolchilar o‘tgan hafta jamoaning "COVID-ro‘yxati"ga kirib qolgan edi. Undan oldin Lukaku mushaklaridan olgan jarohatini tiklash jarayonini o‘tkazayotgandi.
"Aristokratlar"ning birmingemliklarga qarshi bahsi 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar