
"Chelsi" o‘rtoqlik uchrashuvida raqibi darvozasiga 7 ta gol urdi
APL restartiga puxta tayyorlanayotgan "Chelsi" bugun Chempionship vakili – KPR jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.
"Stemford Brij"da kechgan bahs 7:1 hisobida hisobida “aristokratlar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Chelsi" tarkibida Ruben Loftus-Chik va Billi Gilmor dubl qayd etgan bo‘lsa, Meyson Maunt, Olive Jiru va Villian o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" karantindan keyingi ilk rasmiy uchrashuvini 21 iyun kuni "Aston Villa"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar