
"Chelsi" o‘ziga kerak futbolchini qo‘shnisidan oladi
“Vest Xem”ning 21 yoshli yarim himoyachisi Deklan Rays o‘yiniga maftun bo‘lgan Frenk Lempard uni “Chelsi”ga olib kelishni so‘ramoqda.
Roman Abramovich klubi mutasaddilari Rays uchun “Vest Xem”ga yarim himoyachi Ros Barkli va hujumchi Mishi Batshuayini bermoqchi.
Katta iste’dod sohibi Deklan Rays tayanch yarim himoya va markaziy himoyadagi ishonchli o‘yinlari bilan mutaxassislar e’tiborini qozondi. Futbolchi uch mavsum davomida 97 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi va shuncha golli pas uzatdi.
Fikrlar