
“Chelsi” to‘rt futbolchiga 180 million ajratdi
“Chelsi” prezidenti Todd Byoli murabbiylar shtabiga yanvar oyida amalga oshiriladigan xaridlar uchun 180 million evro ajratdi, deb xabar bermoqda IvisionSport nashri.
“Aristokratlar” qishki transferlar davridagi birinchi xaridini e’lon qilib bo‘ldi. Shvetsiyaning “Myolde” klubi o‘yinchisi Datro Fofan London klubiga ko‘chib o‘tdi va katta ehtimol bilan tajribasini oshirish uchun ijaraga jo‘natiladi.
Ayni paytda mutasaddilari Braziliyaning “Vasko de Gama” klubi o‘yinchisi Andrey Santosning transferini yakunlash arafasida turibdi. 18 yoshli futbolchining o‘yin uslubi Kazemiroga o‘xshashi, biroq texnikasi mashhur hamyurtinikidan ancha yaxshi ekani ta’kidlanmoqda.
Shuningdek, “Chelsi” skautlari fevralgacha “Monako” markaziy himoyachisi Benua Badyashil va “Benfika”dagi jahon chempioni Entso Fernandesning transferini uyushtirishi rejalashtirilgan.
Fikrlar