"Chelsi" ukrainalik futbolchini sotib olib xato qildi

  • 27 may, 2023, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi sobiq futbolchisi Glen Jonson yarim himoyachi Mixail Mudrikning “aristokratrlar” safiga o‘tishi haqida gapirdi. Uning fikricha, poytaxt klubi ukrainalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olib, xatoga yo‘l qo‘ygan.

“Menimcha, Kristian Pulishich jamoaga ko‘proq narsani bera oladi. Mudrikni 70 millionga olib, uning yoniga qo‘shib qo‘ymasliklari kerak edi. Pulishich yaxshi futbolchi. Menimcha, unga shunchaki turtki kerak”, - dedi Jonson Goal.com nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Mudrik "Chelsi"ga qishki transfer oynasida kelib qo‘shildi. O‘shandan beri u Angliya chempionatining 15ta o‘yinida qatnashib, atigi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!