"Chelsi" va "Bavariya" hujumchi transferini deyarli ham qilishdi

  • 26.08.2025 17:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Nikolas Jekson "Bavariya"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Rahmon Usmon xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Bavariya" Jekson bilan shaxsiy shartnomasi shartlari bo‘yicha kelishib olgan. Endi Germaniya chempioni "Chelsi" bilan kelishuv summasini kelishib olishi kerak bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, har ikki tomon ham ushbu transfer amalga oshishini istamoqda.

Bu mavsumda Jekson biror marta maydonga tushmadi. Futbolchining "ko‘klar" bilan shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari hujumchining narxini 50 million evroga baholamoqda.

Avvalroq, "Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska Jeksonga umid qilmayotganini tan olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!