"Chelsi" yarim himoyachisi Bundesliga klubiga o‘tdi

  • 26 avgust, 18:42
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning "Borussiya" klubi "Chelsi"dan yarim himoyachi Karni Chukvuemeka transferini e’lon qildi. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Borussiya" safida ijara asosida to‘p surgan 21 yoshli futbolchi nemis klubi bilan 2030 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

Tecno

"Endi "Borussiya"ning ajralmas qismi bo‘lish juda yoqimli. So‘nggi bir necha oy ichida men bu klubni, murabbiyni, jamoadoshlarimni va muxlislarni bilib oldim va "Borussiya Dortmund" endi mening yangi uyimga aylanganidan juda xursandman. Jamoa sifatida maqsadlarimizga erishishimiz uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman", - deya futbolchining so‘zlarini keltirdi klub rasmiy sayti.

Chukvuemeka o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini "Borussiya"da ijarada o‘tkazdi. Bu vaqt ichida yarim himoyachi barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!