“Chelsi”da o‘ynagan futbolchi kelishilgan o‘yinlar uchun sud qilinadi
Londonning “Chelsi” klubi sobiq futbolchisi Ulises Davila ikki yil muqaddam uzoq Avstraliya chempionatida kelishilgan o‘yinlar tashkil qilganlikda ayblandi. Davila 2011-2016 yillar davomida “aristokratlar” a’zosi bo‘lgan.
Aniqlanishicha, uning noqonuniy xatti-harakatlari bukmekerlarga yuz mingdan funt sterlingdan ziyod foyda ko‘rish imkonini yaratgan. Davila bilan birga “Makartur FK” klubida o‘ynagan Kleyton Lyuis va Kyarin Bakkus kabi o‘yinchilar ham tergovga tortildi.
Bu uch futbolchi 2023 yilning dekabrida “Sidney” qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda “qahramonlik” ko‘rsatgan. O‘sha bahsning 30-daqiqasida Ulises hakam hushtagidan keyin to‘pni tepib yuboradi va atayin sariq kartochka oladi. Lyuis va Bakkus ham o‘yin davomida ataylab ogohlantirish olgani qayd etilgan.
Shu tariqa, ular bukmekerlarning buyurtmasini barajadi. Bukmekerlar uchun bu bellashuvda kamida to‘rt futbolchi sariq kartochka olishi muhim edi. Endi bu “qahramonlar” futboldan haydalgani etmaganidek, sudga tortiladi.

Fikrlar