“Chelsi”ning eng yaxshi to‘purarlaridan biri vafot etdi
Londonning “Chelsi” klubi sobiq futbolchisi Bobbi Tèmbling 85 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida Sky Sports xabar qildi.
Avvalroq Tèmblingga dementsiya tashxisi qo‘yilgan edi.
1959 yildan 1970 yilgacha bo‘lgan davrda hujumchi “Chelsi” safida 370 ta uchrashuvda maydonga tushib, 202 ta gol urgan. Klubning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida u faqat Frenk Lèmparndan (211 gol) orqada turadi.
Tèmbling London jamoasi bilan birga 1965 yilda Angliya ligasi kubogini qo‘lga kiritgan. Angliya milliy terma jamoasi safida esa uchta o‘yinda qatnashib, bitta gol muallifi bo‘lgan.

Fikrlar