Chempion bo‘lish uchun "Inter"ga qaysi futbolchilar etishmayapti?
"Inter" klubining sobiq xo‘jayini Massimo Moratti “neradzurrilar”ga skudettoni qo‘lga kiritish uchun qaysi futbolchilar etishmayotganini aytdi.
“Ngolo Kante va Kalidu Kulibali jamoaga chempionlik keltiradi, deb o‘ylayman”, - dedi Moratti Goal.com nashriga bergan intervyusida.
“Inter” so‘nggi bor 2010 yilda Joze Mourino qo‘l ostida Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan. Antonio Konte boshqaruvidagi jamoa ayni damda A Seriya musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.
Kulibali “Napoli”da, Kante esa “Chelsi” futbolchisi hisoblanadi.



Fikrlar